Erkinoyning ammasi haqidagi hikoyani o’qib bu bechora ayolga rosa achindim. Mamlakatimizda ayollar va bolalarni urish masalasi juda yomon. Ayolga qol k’otarishni erkak kishi normal deb hisoblaydi va qaysi dir bir ma’noda jamiyat ham bunga qarshilik qilish narida tursin, ma’qullaydi. Bu O’zbek yurtining eng katta yaralaridan biridir. Bu jamiyatimizning qanchalik past ketganini korsatadi chunki ojizni faqat pastkash kishi uradi deb bilaman. Mening ham bir qarindoshim yaqinda farsand kordi, homilador paytida eri u bechorani urardi! Afsus, bunday holat O’zbekistonda bir ikki emas balki juda kopdir. Qani, aytinglar, buni qanday o’zgartirib boladi?

Rahmat, Zuhra