Ўғлимни суннат қилдирмоқчи эмасман!
Yaqinda mening onam "o’g'lingni qachon sunnat qilasizlar" deb surab qoldi. Men ota-onamdan bunday savolni anchadan beri kutib yurgandim. Gap shundaki, men o’g'limni sunnat qildirmoqchi emasman. Sunnat qilish uchun sabab yetarlicha emas. Islom dinida sunnat qilish kerak deyiladi, lekin sunnat erkak kishini musulmon qilib qo’ymaydi. Odam aqli bilan hudoga ishonishi kerak, badani bilan emas. Buning ustiga, agar hudo haqiqatdan ham erkaklarning jinsiy organini kestirilgan bo’lishini istaganda edi, nega shunday qilib yaratmagan, degan savol tug’iladi.
Endi, buni ota-onamga tushuntirish qiyin bo’ldi. Ohiri, "erim unamaydi (erim musulmon emas) deb qutuldim. Men onamga "qarang, ba’zi bir millatlarda qizlarning jinsiy organidagi klitorisini kesib tashlaydilar, din, urf-odat deb, lekin bu notu’g'ri, bu kasalliklarga olib keladi, undan xam, bir yovuz amal, o’gil bollarning sunnat qilish men uchun shu bilan barobar" dedim.
Men kichkinaligimda ukamni 5 yoshligida sunnat qilganimizni eslayman, hech qachon bu azob esimdan chiqmaydi. Shuning uchun ham o’g'limni sunnat qilismaslikka qaror qilganman.
Albatta, onam "ahir meditsinada tomonidan ham tavsiya qilinadi" dedi. Men bironta meditsina tomonidan tasdiqlangan sunnatni tarafini olgan ilmiy ishni ko’rganim yoq. Onam ham bunday "tavsiyani" o’qib ko’rgani yoq.
Albatta, agar boshqalar o’g'lilarini sunnat qilishga qaror qilsalar, bu ularning shahsiy ishi, lekin men o’g'limdan, chaqaloqligida undan so’ramasdan bir joyini kesishga jur’at etmadim.
- Malika

Albatta yozilgan fikrlarizga qushilaman. odamdan suramasdan uni biror joyini kesib tashlashga qushilmayman. Lekin ugliz esini tanigandan keyin bu narsaga qanday qararkin? Balki u ham hamma tengi yoshligida sunnat bulishni hohlasachi. Unda nima deb javob berasiz. Meni eshitishimcha islomda odamni 7 yoshigacha quli halollangan bulishi kerak. Yani sunnat qilingan bulishi kerak. Aytganimday bu faqat meni fikrlarim.
Rakhmat
Comment by Shohida — May 17, 2006 @ 10:06 pm
Agar o’g'lim katta bo’lib “men sunnat qilishni istayman” desa, men albatta, holaganingni qilaver deyman. “nega kichkinaligimda qilmadingiz” desa, “sendan so’ragandik, lekin yig’lading” deyman
O’g'lim katta bo’lib bunday demasa kerak deb o’ylayman. Biz uni islom dini an’analariga oid tarzda tarbiya qilayotganimiz yoq.
Agar katta bo’lib islom yoki boshqa dinni qabul qilaman desa, bu uning shahsiy ishi. Voyaga yetgandan keyin u o’z hayot tarzi borasida istagan qarorga kelishi mumkin.
Comment by Malika — May 18, 2006 @ 2:42 pm
Маликахон, мен хам сизга ўхшаб хар қандай улфу анъаналаримизга фикрламасдан “хамма шундай қилар экан мен хам қилишим керак” деб риоя қилавермайман. Аммо мен хам ислом динига мансуб бўлмаган турмуш ўртоғим хам ўғлимизни суннат қилдиришга қарор қилганмиз. Бунга эса бизни тиббий яъни сиз айтгандек медицинага боғлиқ сабаблар урнади. Балки хабарингиз йўқдир, ўтган йили ошкор этилган тадбиқотлар суннат эркакларни СПИД касаллигига йўлиқиш хавфини 65 фойиз камайтиришини кўрсатган. Бу охирги тадқиқот Франция олимлари томонидан ўтказилган эди. Аммо ундан олдин ҳам олиб борилган тадқиқотларда суннат бўлган эркакларнинг СПИД хамда бошқа жинсий йўл орқали тарқалувчи касалликларга камроқ йўлиқишлари исботланиб келган эди. Мана бу сахифада бу хақда ўқишингиз мумкин:
http://news.nationalgeographic.com/news/2005/07/0726_050726_circumcision.html
Демоқчиманки диний қарашларидан қатъий назар (демак мусулмон бўлмаганлар хам) мана шу тиббий сабабларга асосланиб ўғилларини суннат қилаётган танишларимиз кўп.
Шоира
Comment by Шоира — May 19, 2006 @ 1:51 pm
Malika demak uglizga yolgon gapirishga tayyorsiz, shundaymi? Mani nazarimda bolaga din haqida malumot berib borish foydadan holi emas. Chunki usha SSSR davrida katta bulib uyda dindan uzoqroqmi va yoda dinda bulsa ham unchalik etibor bulmagandanmi kupchilikda din haqida aniq bir tushuncha yoq. ularni istagan dinga va istagan oqimga solish mumkin. Yaqinda men shunday bulib dinini uzgartirganlar bilan suhbatlashib qoldim. Menga ayon bulgani ularda hattoki hoqigi dinlari haqida ham aniq taniq bir tushuncha yoq. ular faqat juda qattiq ishonishadi holos. oddiy va jun savollar ularni uylantirib quyadi. Meni nimaga islomni tashlab nasroniy bulishga qaror qildinglar, nimaga islomda uzinga ollohdan yordam suramadinglar deganimda ular bizda ayollarni islomga urgatishmagan. Nasroniylikda olloh hammani bir hil sevadi deb javob berishdi. bunga agar islomni yoki nasroniylikni bilmaydigan odam albatta ishonadi (yani yahshilab ikkita mosol keltirsa).
Shohida
Comment by Shohida — May 21, 2006 @ 12:07 am
Shohida,
men qanday qilib o’g'limga yolg’on gapirgan bulaman? Aksincha, unga faqat rost gapiraman, va rost gapirishni o’rgataman. Din to’g'risida o’rgatish faqat foydali deb o’ylayman, lekin din to’g'risida biz rost deb o’ylagan narsani o’rgatamiz, ya’ni, factlarga, tarihga asoslangan holda. O’g'lim kitoblar orqali din to’g'risida o’rganadi degan umiddaman. Men unga injil va kur’on kitoblarini o’qishga undayman (sal kattaroq bo’lganda). Va barcha ma’lumotga ega bo’lib, keyin bir qarorga kelishini istayman.
Agar siz meni nasroniy diniga o’tgan deb o’ylasangiz, yanglishasiz. Men o’zimni ateist deb hisoblayman. Lekin odamlar u yoki bu dinga munosib bo’lishiga huquqi bor va bunday huquqlarini hurmat qilinish kerak. Men boshqalar dindor yoki dinsiz bo’lish istagini hurmat qilaman.
Shoiraning SPID to’g'risidagi gapiga esa afsus qo’shilmayman. Sunnat qilingan erkaklar orasida SPIDga chalinish 65% foizga kamroq bo’lishi mumkin, lekin sunnat qilishning o’zi ekraklarning SPID va boshqa jinsiy kasalliklardan 100% saqlamaydi. Demak, uylanmagan erkaklar jinsiy aloqada bo’lganda, baribir ham prezervativdan foydalanishi shart. Lekin, Shoira eri bilan maslahat qilib, sunnat qilishdan oldin bu masalani jiddiy o’ylab ko’rganini juda ham olqishlayman. Qani edi, hamma ham shunday qilsa.
Yana bir narsani aytib o’tmoqchiman - bunday javoblardan juda hursandman, kuproq baxs o’tkazilishning tarafdoriman.
Comment by Malika — May 21, 2006 @ 4:38 pm
Malikahon men sizninhgfikringizga mutlaqo qo’shilmayman. Mening turmush o’rtogim ham Musulmon emas lekin o’glimizni bir yarim yoshidayoq sunnat qildirdik,bu erimning fikri edi chunki u haligacha ota-onasini kechira olmaydi o’z vaqtida sunnat qildirmagani uchun.Hozir esa yoshi 30 da sunnat qildirishga yuragi dov bermayapti.
Sizga maslahatim vaqtni zoya qilmay sunnat qildiring bu sizning farzingiz…
Comment by Dilbar — May 23, 2006 @ 7:00 am
Dilbarhon,
sizning maslahatingiz uchun rahmat, lekin biz oldingi qarorimizni o’zgartirmaymiz.
Mening farzim - o’g'limni sog’ salomatligini hamma narsadan oldin qo’yish. Pediatorimning aytishicha o’g'limni sunnat qilish kerak emas va keyinchalik bunga hech qanday zarurat bo’lmaydi. Yana bir narsani aytib o’tishim mumkin - tadqiqot bilan tasdiqlangan factlar bo’yicha sunnat qilingan erkaklar jinsiy aloqadan kamroq zavqlanadi.
Menimcha o’g'lim katta bo’lganda sunnat qilmaganimiz uchun bizga rahmat aytadi.
Comment by Malika — May 24, 2006 @ 5:34 pm